JCh-2026. Messi penaltidan foydalana olmagan, ammo 2 ta gol urgan o'yinda Argentina Avstriyani mag'lub etdi

JCh-2026 "J" guruhi 2-turidan o'rin olgan Argentina va Avstriya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etdi. AQShning Arlington shahridagi "AT&T Stadium" maydonida bo'lib o'tgan bahsda argentinaliklar 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
O'yin boshidanoq faol harakat qilgan Argentina 9-daqiqada hisobni ochish imkoniyatiga ega bo'ldi. Hakam Lautaro Martinesga nisbatan ishlatilgan qoidabuzarlik uchun penalti belgiladi. Biroq Lionel Messi 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi: futbolchining zarbasi biroz noaniq ketdi.
Shunga qaramay, argentinaliklar sardori birinchi bo'lim oxirida jamoasini oldinga olib chiqdi. U 39-daqiqada gol urib, hisobni ochdi.
Uchrashuvning ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarida Messi yana bir bor o'z so'zini aytdi. U 90+5-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilib, dubl muallifiga aylandi va o'yinga nuqta qo'ydi — 2:0.
Ikki turdan keyin Argentina terma jamoasi 6 ochko to'plab, guruh peshqadami bo'lib turibdi. Avstriya hisobida esa 3 ochko mavjud bo'lib, jamoa ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
3-tur doirasida Argentina Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi. Avstriya esa Jazoir terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
Jahon chempionati-2026. "J" guruhi, 2-tur
Argentina — Avstriya — 2:0
Gollar: Messi 39, 90+5.
Amalga oshirilmagan penalti: Messi 9 (Argentina).
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar