Ispaniya terma jamoasi JCh-2026 chorak finalida Belgiyani mag'lub etdi — 2:1.

Ispaniya terma jamoasi Los-Anjelesdagi «SoFi Stadium»da bo'lib o'tgan Jahon chempionati chorak final uchrashuvida Belgiya terma jamoasini 2:1 hisobida taslim etdi.

Hisobni 30-daqiqada ispaniyaliklar yarim himoyachisi Fabian Ruis ochdi. Belgiyaliklar safida esa 41-daqiqada hujumchi Sharl de Ketelare muvozanatni tikladi. «Qizil furiya»ga g'alabani 88-daqiqada maydonga tushganiga ikki daqiqa bo'lgan xavbek Mikel Merino taqdim etdi.

Belgiya darvozaboni Tibo Kurtua ikkinchi bo'lim o'rtalarida son qismidagi jarohat tufayli almashtirildi.

Ispaniya JCh-2026 yarim finaliga chiqdi va u erda chorak finalda Marokashdan ustun kelgan (2:0) Frantsiya terma jamoasi bilan to'qnash keladi.

Manba: Stadion.uz