JCh-2026. Meksika — Janubiy Koreya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

JCh-2026 A guruhi 2-turidan o'rin olgan Meksika va Janubiy Koreya terma jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi. Sapopan shahridagi «Akron» stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvni urugvaylik hakam Gustavo Texera boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.
Bahsda Meksika terma jamoasi 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol muallifi bo'lgan meksikalik himoyachi Luis Romo bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Birinchi turda Meksika JARni 2:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, Janubiy Koreya Chexiyadan 2:1 hisobida ustun kelgan edi.
Ikki turdan keyin Meksika terma jamoasi guruhda birinchi o'rinni kafolatladi.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionatining guruh bosqichi 27 iyunga qadar davom etadi. Keyingi bosqichga har bir guruhdan dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchi o'rin sohiblari orasidan eng yaxshi sakkizta terma jamoa yo'l oladi.
Manba: Stadion.uz