Jahon chempionati–2026 "I" guruhi 2-turidan o'rin olgan Frantsiya va Iroq terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. AQShning Filadelfiya shahridagi «Linkoln Faynenshel Fild» stadionida bo'lib o'tgan bahsda frantsuzlar 3:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida Maykl Olise uzatmasidan so'ng Kilian Mbappe hisobni ochdi. Birinchi bo'lim oxirlarida kuchli yomg'ir yog'ishi sababli ikkinchi bo'lim boshlanishi ikki soatga kechiktirildi.

Tanaffusdan keyin ham Frantsiya ustunlikni saqlab qoldi. 54-daqiqada Usmon Dembele assistidan keyin Mbappe dubl qayd etdi. 66-daqiqada esa Dembelening o'zi gol urdi. Bu golda ham Maykl Olise assist muallifi bo'ldi.

Ushbu g'alaba orqali Frantsiya terma jamoasi muddatidan avval JCh-2026 pley-off bosqichiga chiqishni kafolatladi.

3-turda frantsuzlar Norvegiyaga qarshi maydonga tushsa, Iroq Senegal bilan bahs olib boradi.

Jahon chempionati–2026. "I" guruh, 2-tur
23 iyun, Filadelfiya (AQSh). «Linkoln Faynenshel Fild» stadioni
Frantsiya – Iroq – 3:0
Gollar: Mbappe, 14 (1:0), Mbappe, 54 (2:0), Dembele, 66 (3:0).

Manba: Stadion.uz