JCh–2026. Kanada — Bosniya va Gertsegovina: jamoalarning asosiy tarkiblari ma'lum bo'ldi

Bugun, 12 iyun kuni futbol bo'yicha 2026 yilgi jahon chempionati “B” guruhi 1-turidan o'rin olgan Kanada va Bosniya va Gertsegovina terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.
O'yin Toronto shahridagi «Bi-Em-O Fild» stadionida tashkil etiladi. Uchrashuvni argentinalik hakam Fakundo Telo boshqaradi. Boshlanish vaqti — Toshkent vaqti bilan 00:00.
JCh–2026. Yakuniy bosqich. "B" guruhi, 1-tur
Kanada — Bosniya va Gertsegovina
Kanada: Krepo, Lari, Djonston, Kornelius, De Fujerol, Eushtakiu, Kone, Byukenen, Millar, Devid, Oluvaseyi.
Bosniya va Gertsegovina: Vasil, Dedich, Katich, Muxaremovich, Kolashinats, Taxirovich, Bashich, Memich, Bayraktarevich, Demirovich, Lukich.
Guruh bosqichining 2-turida Kanada 19 iyun kuni Qatarga qarshi maydonga tushadi, 3-turda esa 24 iyun kuni Shveytsariya bilan o'ynaydi. Bosniya va Gertsegovina esa 18 iyun kuni Shveytsariyaga qarshi, 24 iyun kuni Qatarga qarshi bahs olib boradi.
Ma'lumot uchun, 2026 yilgi jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida 11 iyundan 19 iyulga qadar o'tkaziladi. Amaldagi jahon chempioni Argentina hisoblanadi.