Bugun, 21 iyun kuni 2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati H guruhi 2-turi doirasida Ispaniya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi. O'yin AQShning Atlanta shahridagi «Mersedes-Bents Stedium»da bo'lib o'tadi. Bosh hakam sifatida Rafael Klaus (Braziliya) ishlaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari:

Ispaniya: Simon, Kubarsi, Laport, Kukurelya, Porro, Rodri, Pedri, Olmo, Yamal, Oyarsabal, Baena.

Saudiya Arabistoni: Al-Ovais, Al-Tambakti, Al-Amri, Abdulxamid, Al-Xarbi, Kanno, Al-Xaybari, Al-Djuvair, Al-Davsari, Al-Shamat, Al-Buraykan.

1-turdan so'ng H guruhidagi barcha jamoalar bittadan ochkoga ega. Ispaniya terma jamoasi Kabo-Verde bilan g'alaba qozona olmadi (0:0), Saudiya Arabistoni esa Urugvay bilan durang o'ynadi (1:1).

Manba: Stadion.uz