JCh-2026. Ispaniya - Kabo-Verde uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Jozimar Vozinya JCh–2026 guruh bosqichi 1-turida Ispaniyaga qarshi o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb e'tirof etildi. Bahs AQShning Atlanta shahridagi «Mersedes-Bents Stedium»da bo'lib o'tdi va 0:0 hisobida yakunlandi.
Darvozabon to'liq o'yinda ishtirok etib, darvozasini goldan asrab qoldi va 7 ta seyv amalga oshirdi.
Manba: championat.com