Argentinalik 70 yoshli mutaxassis Marselo Belsa tez orada Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketishi mumkin. Bu haqda Pasesuruguay xabar bermoqda.

Jurnalistlarga ma'lum bo'lishicha, terma jamoa ustozi Urugvay futbol assotsiatsiyasi bilan yangi mehnat shartnomasi bo'yicha muzokara o'tkazgan. Uyushma murabbiy bilan hamkorlikni uzaytirmoqchi ekanligiga ishonchi komil emas.

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati saralashida Urugvay terma jamoasi 28 ochko bilan to'rtinchi o'rinni egallagan edi. Belsa shogirdlari mundialga to'g'ridan-to'g'ri yo'l oldi.

Nufuzli turnir 2026 yilning yozida Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadi.