JCh-2026 ishtirokchilari to'liq aniqlandi (+guruhlar)

Bugun, 1 aprel kuni AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan 2026 yilgi jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etadigan barcha 48 ta jamoa nomi ma'lum bo'ldi. Qit'alararo pley-off finallaridan birida Iroq terma jamoasi Boliviyani mag'lub etib, mundialga chiqqan so'nggi jamoa bo'ldi va yana 47 ta jamoaga qo'shildi.
Evropa saralash bosqichi yakunlanganidan so'ng JCh-2026 guruh bosqichi ishtirokchilari quyidagicha ko'rinish oldi:
A guruhi: Meksika, Janubiy Afrika Respublikasi, Janubiy Koreya, Chexiya
B guruhi: Kanada, Shveytsariya, Qatar, Bosniya va Gertsegovina
C guruhi: Braziliya, Marokash, Gaiti, Shotlandiya
D guruhi: AQSh, Paragvay, Avstraliya, Turkiya
E guruhi: Germaniya, Kyurasao, Kot-d’Ivuar, Ekvador
F guruhi: Niderlandiya, Yaponiya, Tunis, Shvetsiya
G guruhi: Belgiya, Misr, Eron, Yangi Zelandiya
H guruhi: Ispaniya, Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni, Urugvay
I guruhi: Frantsiya, Senegal, Norvegiya, Iroq
J guruhi: Argentina, Jazoir, Avstriya, Iordaniya
K guruhi: Portugaliya, Kolumbiya, O'zbekiston, Kongo Demokratik Respublikasi
L guruhi: Angliya, Xorvatiya, Gana, Panama