Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi uchrashuvlarini stadionlardan turib jami 4,6 milliondan ziyod muxlis tomosha qildi.

«Jahon chempionati guruh bosqichi statistikasi turnirning naqadar ulkan miqyosda o'tayotganini ko'rsatmoqda. Bu ko'rsatkichlar futbol maydonidan ham tashqariga chiqib, muxlislarning barcha jabhalardagi faolligini qamrab oldi: o'yinlarga tashrif buyurgan 4 644 549 nafar insondan tortib, stadionlarda eyilgan 300 000 ta xot-doggacha», — deyiladi tashkilot bayonotida.

Jahon chempionatlari tarixidagi umumiy tashrif bo'yicha rekord aynan shu safargi guruh bosqichi o'yinlari davomidayoq yangilanishga ulgurdi.

Bundan avvalgi rekord 1994 yili AQShda bo'lib o'tgan Jahon chempionatida qayd etilgan edi. O'shanda turnir bahslarini stadionlardan jami 3 587 538 nafar muxlis kuzatgandi.

Ma'lumot uchun, musobaqaning guruh bosqichida 72 ta uchrashuv o'tkazildi. Turnir davomida jami 104 ta o'yin bo'lib o'tadi.

Manba: Stadion.uz