JCh-2026. GOOOL! O'zbekiston Kongoga qarshi o'yinda hisobni ochdi (video)

JCh-2026 "K" guruhi 3-turi doirasida O'zbekiston milliy jamoasi Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi bahs olib bormoqda.
Jamoamiz bahsning 10-daqiqasida hisobni ochdi. Sardorimiz Eldor Shomurodov to'pni chiroyli tarzda darvozabon ustidan oshirib, o'z hisobiga Mundialdagi ilk golni urdi.
JCh-2026. "K" guruhi, 3-tur
KONGO DR - O'ZBEKISTON
Gol: Eldor Shomurodov (10)
O'zbekiston: 12. Abduvohid Ne'matov, 2. Abduqodir Husanov, 26. Jahongir O'rozov, 5. Rustam Ashurmatov, 13. Azizbek Nasrullaev, 3. Hojiakbar Alijonov, 6. Akmal Mozgovoy, 7. Otabek Shukurov, 17.Doston Hamdamov, 22. Abbosbek Fayzullaev, 14. Eldor Shomurodov (sardor)
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar