Jahon chempionati–2026 "E" guruhi 2-turidan o'rin olgan Germaniya va Kot-d'Ivuar terma jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi.

Kanadaning Toronto shahridagi «Bi-Em-O Fild» stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda nemislar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Hisob 30-daqiqada kot-d'ivuarliklar yarim himoyachisi Frank Kesse tomonidan ochildi. Germaniya terma jamoasi hujumchisi Deniz Undav 68-daqiqada muvozanatni tikladi. Uchrashuv taqdiri qo'shimcha vaqtning 90+4-daqiqasida hal bo'ldi. Undav o'zining ikkinchi golini kiritib, jamoasiga muhim g'alabani taqdim etdi.

JCh-2026. E guruhi, 2-tur
Germaniya — Kot-d'Ivuar — 2:1
Gollar: Undav (68, 90+4) — Kesse (30).

Ushbu natijadan keyin Germaniya 6 ochko bilan E guruhida yakka peshqadam bo'lib oldi. Kot-d'Ivuar esa 3 ochko bilan ikkinchi o'rinda qolmoqda.

Guruh bosqichining so'nggi turida Germaniya Ekvadorga qarshi maydonga tushadi, Kot-d'Ivuar esa Kyurasao bilan kuch sinashadi. Har ikki uchrashuv 25 iyun kuni bo'lib o'tadi.

Manba: Stadion.uz