JCh-2026. Frantsiya terma jamoasi 1/16 finalidagi raqibini bilib oldi

Jahon chempionati guruh bosqichining navbatdagi o'yinlari yakunlanganidan so'ng, Frantsiya terma jamoasining 1/16 finaldagi raqibi aniq bo'ldi. Jamoa Shvetsiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Uchrashuv 1 iyul, chorshanba kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.
Frantsiya terma jamoasi 9 ochko jamg'arib, «I» guruhida birinchi o'rin bilan pley-offga yo'l oldi. Frantsuzlar guruh bosqichidagi barcha o'yinlarda ishonchli g'alaba qozonib, Norvegiya, Senegal va Iroq terma jamoalarini ortda qoldirishdi.
Shvetsiya esa, o'z navbatida, Niderlandiya, Yaponiya va Tunis terma jamoalari ham joy olgan «F» guruhida uchinchi o'rinni egalladi. Shvedlar 4 ochko to'plashdi va bu ko'rsatkich eng yaxshi uchinchi o'rinni egallagan jamoalar qatorida pley-offga chiqish uchun kifoya qildi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar