Futbol bo'yicha 2026 yilgi jahon chempionati «I» guruhi 1-turidan o'rin olgan Frantsiya va Senegal terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Jamoalar «Metlayf» stadionida to'p surishdi. Bosh hakam sifatida Alirizo Fag'oniy faoliyat olib bordi. Evropaliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Uchrashuvning 66-daqiqasida Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe vinger Maykl Olisening uzatmasidan so'ng hisobni ochdi. 82-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan vinger Bredli Barkola frantsuzlarning ikkinchi golini urdi. 90+5-daqiqada hujumchi Ibrahim Mbaye hisobdagi farqni qisqartirdi. 90+6-daqiqada esa Mbappe dublni rasmiylashtirdi.

«I» guruhining 2-turida Frantsiya milliy terma jamoasi Iroq bilan (23 iyun), 3-turda esa Norvegiya bilan (26 iyun) to'qnash keladi. Senegal 2-turda Norvegiya (23 iyun), 3-turda esa Iroq (26 iyun) bilan kuch sinashadi.