Bugun, 16 iyun kuni futbol bo'yicha Jahon chempionati — 2026 yil guruh bosqichi 1-tur doirasida Frantsiya va Senegal milliy terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.

Bellashuv AQShning Ist-Raterford shahrida joylashgan «Metlayf» stadionida o'tkaziladi. Bosh hakam sifatida Alirizo Fag'oniy faoliyat olib boradi. Uchrashuv 00:00 da start oladi.

JCh-2026. "I" guruh. 1-tur
16 iyun 2026 yil, seshanba. 00:00

FRANTsIYa - SENEGAL

Frantsiya: Menyan, Kunde, Yupamekano, Saliba, Teo Ernandes, Tchuameni, Rabo, Olise, Dembele, Mbappe, Due.

Senegal: Mendi, Diatta, Nyakate, Kulibali, Diuf, Kamara, Idrissa Geye, Pap Geye, Sarr, Mane, Jekson.

Manba: championat.com