JCh-2026. Frantsiya — Iroq uchrashuvi ob-havo sabab qoldirilishi mumkin

2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati "I" guruhi 2-turidan o'rin olgan Frantsiya va Iroq terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'tkazilmay qolishi yoki kechiktirilishi mumkin.
RMC Sport nashrining xabar berishicha, o'yin bo'lib o'tadigan Filadelfiya shahrida kuchli yomg'ir va momaqaldiroq kutilmoqda. Noqulay ob-havo sharoiti uchrashuvning o'z vaqtida boshlanishiga to'sqinlik qilishi ehtimoldan xoli emas.
Frantsiya va Iroq terma jamoalari o'rtasidagi bahs 23 iyun kuni Filadelfiyadagi «Linkoln Faynenshel Fild» stadionida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanishi kerak.
Guruh bosqichining birinchi turida Frantsiya Senegalni 3:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, Iroq Norvegiyaga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan.
3-turda frantsuzlar Norvegiyaga qarshi maydonga tushadi, Iroq esa Senegal bilan bahs olib boradi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar