AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo'layotgan Jahon chempionatining 1/16 final bosqichidagi yana 3 ta o'yin yakuniga etdi. Norvegiya milliy jamoasi Kot-d’Ivuardan ustun kelgan bo'lsa (2:1), Frantsiya Shvetsiyaga (3:0) hech qanday imkon qoldirmadi. Kunning oxirgi o'yinida esa Meksika Ekvadorni (2:0) ishonchli hisobda mag'lub etdi.

Hozirga kelib JCh-2026 turnirining 1/8 final juftliklari quyidagicha ko'rinish olgan (ba'zi juftliklar g'oliblari hali to'liq aniqlanmagan):

Paragvay — Frantsiya;
Kanada — Marokash;
Portugaliya / Xorvatiya — Ispaniya / Avstriya;
AQSh / Bosniya va Gertsegovina — Belgiya / Senegal;
Braziliya — Norvegiya;
Meksika / Ekvador — Angliya / Kongo DR;
Argentina / Kabo-Verde — Avstraliya / Misr;
Shveytsariya / Jazoir — Kolumbiya / Gana.

Manba: Stadion.uz