JCh-2026: Frantsiya — Angliya to'qnashuvi asosiy tarkiblari ma'lum

Bugun, 19 iyul kuni, futbol bo'yicha 2026 yilgi Jahon chempionatining 3-o'rin uchun kechadigan bahsida Frantsiya va Angliya terma jamoalari to'qnash kelishadi. Uchrashuv AQShning Florida shtati, Mayami shahridagi «Xard Rok» stadionida bo'lib o'tadi. O'yinni venesuelalik hakam Xesus Valensuela boshqarib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.
Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari:
-
Frantsiya: Menyan, Gyusto, Konate, Lakrua, Ernandes, Sherki, Rabo, Due, Zair-Emeri, Olise, Mbappe.
-
Angliya: Xenderson, Kuansa, Konsa Spens, Gexi, Rodjers, Rays, Eze, Saka, Rashford, Toni.
Eslatib o'tamiz, ikkala jamoa ham yarim finalda mag'lubiyatga uchragandi. «Uch ranglilar» Ispaniyaga (0:2), «uch sherlar» esa Argentinaga (1:2) imkoniyatni boy berishgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar