JCh-2026 finali: O'zbek sporti yulduzlari qaysi jamoalarga muxlislik qilmoqda?

Futbol bo'yicha jahon chempionatining final uchrashuvi oldidan o'zbekistonlik taniqli sportchilar qaysi terma jamoaga muxlislik qilayotgani ma'lum bo'ldi.
Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati (Olympic.uz) tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatimiz sporti yulduzlarining hal qiluvchi bahs oldidan tanlovi ikkiga bo'lingan.
Xususan, Ispaniya terma jamoasining g'alabasiga ishonayotganlar ro'yxatidan Hasanboy Do'smatov, Abdumalik Xalokov, Lazizbek Mullojonov, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev, Davlat Bobonov, G'ulomjon Abdullaev, Bekzod Abdurahmonov, Murodjon Ahmadaliev va Isroil Madrimov joy olgan.
Amaldagi chempion Argentina vakillarini esa Diyora Keldiyorova, Ruslan Nurudinov, Oksana Chusovitina, Ulug'bek Rashitov hamda Akbar Jo'raev kabi sportchilarimiz qo'llab-quvvatlamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar