JCh-2026 doirasidagi AQSh va Paragvay o'yinida stadionda umuman bo'sh joy qolmadi

AQShning JCh-2026 dagi dastlabki o'yiniga 70 ming tomoshabin tashrif buyurdi.
JCh-2026 birinchi turi doirasidagi AQSh va Paragvay (4:1) terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga 70 492 tomoshabin keldi.
O'yin Los-Anjeles chekkasidagi Inglvud shahrida joylashgan «Sofi Stedium» stadionida bo'lib o'tdi. Arena rasman 70 240 muxlisga mo'ljallangan.