Jahon chempionati – 2026 da ko'rsatilgan so'nggi to'qqizta kartochka Argentina terma jamoasi futbolchilariga nasib etdi.

Lionel Skaloni boshchiligidagi jamoa JCh-2026 finalida Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi (0:1).

Argentinalik o'yinchilar o'yin davomida 6 ta sariq kartochka olishdi. Ularning ikkitasi yarim himoyachi Entso Fernandesga ko'rsatildi – u uchrashuvning 93-daqiqasida maydondan chetlatildi.

Finalning 104-daqiqasida hakam Slavko Vinchich bilan bahslashgani uchun yana bir sariq kartochkani Skaloni oldi.

Angliyaga qarshi o'tgan oldingi yarim final uchrashuvida (2:1) argentinaliklar yana 3 ta sariq kartochka ishlab olishgan edi. O'sha bahsni Ismail Elfat boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqargan.

Manba: Stadion.uz