JCh-2026 chorak finalining to'rt juftligidan uchtasi ma'lum bo'ldi

AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qilayotgan JCh-2026ning chorak final bosqichidagi uchta juftlik ma'lum bo'ldi.
1/8 finalda Portugaliyani 1:0 hisobida mag'lub etgan Ispaniya chorak finalda AQSh ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozongan Belgiyaga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq chorak finalning yana ikki juftligi ham aniqlangan edi:
-
Frantsiya — Marokash;
-
Norvegiya — Angliya.
So'nggi chorak final juftligi esa Argentina — Misr va Shveytsariya — Kolumbiya uchrashuvlari natijalariga ko'ra ma'lum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, JCh-2026 tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida o'tkazilmoqda. Turnir finali 19 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar