JCh-2026 chorak finalining barcha juftliklari ma'lum bo'ldi

Seshanba, 7 iyul kuni JCh-2026 1/8 finalining so'nggi o'yinlari bo'lib o'tdi. Shu tariqa, pley-off uchinchi bosqichining barcha juftliklari aniqlandi. Barcha uchrashuvlar AQShda o'tkaziladi.
JCh-2026 chorak finali
9 iyul, 01:00 da, (Foksboro): Frantsiya — Marokash
10 iyul, 23:00 da (Inglvud): Ispaniya — Belgiya
12 iyul, 02:00 da (Mayami Gardens): Norvegiya — Angliya
12 iyul, 06:00 da (Kanzas Siti): Argentina — Shveytsariya
Kanada, AQSh va Meksika mezbonlik qilayotgan JCh-2026 finali 19 iyul kuniga rejalashtirilgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar