JCh-2026. Braziliya Gaitini yirik hisobda engdi

2026 yilgi jahon chempionati «S» guruhi 2-turidan o'rin olgan Braziliya va Gaiti terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. O'yin «Linkoln Faynenshel Fild» stadionida o'tkazildi. Uchrashuv bosh hakami sifatida ispaniyalik Alexandro Ernandes faoliyat olib bordi. Bahsda braziliyaliklar 3:0 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi.
Uchrashuvning 23-daqiqasida «pentakampeonlar» hujumchisi Mateus Kunya hisobni ochdi. 36-daqiqaga kelib Kunya dublni rasmiylashtirdi. O'yinning 40-daqiqasida Braziliya milliy terma jamoasi hujumchisi Rafinya jarohat tufayli almashtirildi. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda (45+3-daqiqada) vinger Vinisius Junior hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. Keyinchalik tomoshabinlar boshqa gol ko'rishmadi — 3:0.
«S» guruhi 1-turida Braziliya terma jamoasi Marokash bilan durang o'ynagan edi (1:1), Gaiti esa Shotlandiyaga mag'lub bo'lgandi (0:1). Navbatdagi 3-turda Braziliya terma jamoasi Shotlandiya bilan kuch sinashsa, Gaiti Marokashga qarshi maydonga tushadi. Har ikki o'yin ham 25 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar