Jahon chempionatida o'tkaziladigan bor-yo'g'i sakkizta o'yin qoldi. 1/8 final bosqichi ortda qoldi, bu esa faqat sakkizta terma jamoa hali ham hamma orzu qiladigan jahon kubogi uchun kurashni davom ettirayotganini anglatadi.

Qizig'i shundaki, qolgan sakkizta terma jamoadan bir yo'la oltitasi UEFA vakili hisoblanadi. Shuningdek, mundialda Afrika futbol konfederatsiyasi (KAF) va KONMEBOL vakillari ham qoldi.

UEFA: Frantsiya, Ispaniya, Belgiya, Angliya, Norvegiya, Shveytsariya.
KAF: Marokash.
KONMEBOL: Argentina.

Manba: Stadion.uz