JCh-2026. Belgiya Yangi Zelandiyani tor-mor keltirdi va guruhda birinchi o'rin bilan pley-off bosqichiga yo'l oldi

Belgiya terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan o'yinda Yangi Zelandiya ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi — 5:1.
Belgiyaliklar tarkibida Leandro Trossar dubl qayd etdi. «Arsenal» yarim himoyachisi 28 va 50-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qildi. Shuningdek, Kevin De Bryuyne (66-daqiqa), Romelu Lukaku (86) va Aleksis Salemakers (90+4) ham bittadan gol urishga muvaffaq bo'lishdi.
Yangi zelandiyaliklarning yagona javob to'pini 84-daqiqada Elayja Jast kiritdi, bu gol u uchun ushbu Jahon chempionatidagi uchinchisi bo'ldi.
Belgiya 5 ochko bilan G guruhida birinchi o'rinni egalladi va JCh-2026 pley-off bosqichiga yo'l oldi. Jamoaning 1/16 finaldagi raqibi keyinroq ma'lum bo'ladi. Yangi Zelandiya esa 1 ochko bilan so'nggi o'rinni band etdi va Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar