JCh-2026: «B» guruhining yakuniy jadvali

AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionatining «B» guruhidagi barcha o'yinlar yakunlandi. So'nggi turda Shveytsariya terma jamoasi Kanada ustidan g'alaba qozondi (2:1), Bosniya va Gertsegovina esa Qatardan ustun keldi (3:1).
Shu tariqa, shveytsariyaliklar uch turda 7 ochko jamg'argan holda guruhda birinchi o'rinni egallashdi va JCh-2026'ning 1/16 finaliga yo'l olishdi. Kanada 4 ochko bilan ikkinchi pog'onadan pley-offga chiqdi. Bosniya va Gertsegovina ham 4 ochko to'pladi va eng yaxshi uchinchi o'rinni egallagan jamoalar sifatida turnirdagi ishtirokini davom ettirishdan umid qilishi mumkin. Qatar terma jamoasi esa 1 ochko bilan so'nggi o'rinni egalladi va musobaqani tark etdi.

Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar