JCh-2026: Argentina — Shveytsariya uchrashuvi tarkiblari ma'lum

Bugun, 12 iyul kuni futbol bo'yicha 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/4 finalidan o'rin olgan Argentina va Shveytsariya terma jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. O'yin AQShning Missuri shtati, Kanzas-Siti shahridagi «Errouxed» stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuvni portugaliyalik Joau Pedru Pineyru boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi.
Tarkiblar:
-
Argentina: Martines, Molina, Romero, Martines, Talyafiko, Paredes, Fernandes, Mak Allister, De Paul, Alvares, Messi.
-
Shveytsariya: Kobel, Elvedi, Akandji, Rodriges, Zakariya, Froyler, Djaka, Rider, Sou, Ndoy, Embolo.
Eslatib o'tamiz, 1/8 final bosqichida Shveytsariya terma jamoasi Kolumbiyani mag'lub etgan bo'lsa (0:0, penaltilar seriyasi 4:3), Argentina terma jamoasi Misrni 3:2 hisobida taslim etgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar