JCh-2026: Argentina Misrga qarshi o'yinga frantsuz hakami tayinlanganidan norozi

Argentina terma jamoasi Jahon chempionati 1/8 finalida Misrga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvni hakam Fransua Letekse boshqarib boradi, bu esa, tarqalgan mish-mishlarga ko'ra, argentinaliklarga umuman yoqmagan.
Jurnalist Gustavo Yarrochning xabar berishicha, «albiseleste» (oq-ko'klar) lageridagilar FIFA bu o'yinni aynan frantsuz hakamiga topshirishga qaror qilganiga «ishona olmayaptilar».
Eslatib o'tamiz, Argentina va Frantsiya terma jamoalari 2022 yili Qatarda bo'lib o'tgan so'nggi mundial finalida to'qnash kelishgan edi. O'shanda Lionel Skaloni shogirdlari 120 daqiqalik o'yindagi 3:3 hisobidan so'ng, penaltilar seriyasida g'alabani qo'lga kiritishgandi. Bu gal ham jamoalar bosh sovrin uchun kechadigan hal qiluvchi bahsda o'zaro to'qnash kelishlari mumkin.
Argentina — Misr uchrashuvi 7 iyul kuni bo'lib o'tadi, o'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar