JCh-2026. Argentina Messining dubli evaziga Avstriyadan ustun keldi

Jahon chempionati 2-turida Argentina terma jamoasi Avstriyaga qarshi o'ynadi. Unda Lionel Skaloni jamoasi 2:0 hisobda g'alaba qozondi.
Dastlab 9-daqiqada Lionel Messi penaltidan foydalana olmadi. Ammo 39-daqiqada 38 yoshli forvard baribir o'z maqsadiga erishib, evropaliklar darvozasini ishg'ol qildi. 90+5-daqiqada u dublni rasmiylashtirdi.
Shu tariqa, Leo mundiallar tarixidagi 18-golini urishga muvaffaq bo'ldi. Bu turnirdagi esa 5taga etkazdi.
Natijada Argentina terma jamoasi ochkolari sonini 6 taga etkazib, pley-offga chiqdi. Avstriya esa 3 ochkoga ega va so'nggi turda Jazoirga qarshi bellashadi.
JCh-2026. 2-tur
Argentina – Avstriya 2:0
Gollar: Lionel Messi 39, 90+5
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar