JCh-2026. Argentina Angliyani irodali tarzda mag'lub etib, finalga yo'l oldi. Messidan ikkita assist

Jahon chempionati–2026 yarim finali doirasida Angliya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi bahs o'z yakuniga etdi. AQShning Atlanta shahridagi «Mersedes-Bents Stedium»da bo'lib o'tgan uchrashuvni amerikalik hakam Ismail Elfat boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqardi.
Murosasiz kechgan bahsda Argentina irodali g'alabaga erishib, 2:1 hisobida zafar quchdi.
Hisobni 55-daqiqada Angliya hujumchisi Entoni Gordon ochdi. Argentina 85-daqiqada Entso Fernandesning goli evaziga muvozanatni tikladi. Qo'shimcha vaqtning 90+2-daqiqasida Lautaro Martines g'alaba golini kiritib, uchrashuvga nuqta qo'ydi — 2:1. Argentinaliklarning har ikki goliga Lionel Messi assistentlik qildi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq o'tkazilgan boshqa yarim finalda Ispaniya Frantsiyani 2:0 hisobida mag'lub etgan edi. Endi JCh–2026 finalida Argentina va Ispaniya o'zaro chempionlik uchun bahs olib boradi. Final uchrashuvi 19 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Jahon chempionati–2026. Yarim final
Angliya — Argentina — 1:2 (0:0)
Bosh hakam: Ismail Elfat (AQSh)
Gollar: 1:0 — Entoni Gordon, 55, 1:1 — Entso Fernandes, 85, 1:2 — Lautaro Martines, 90+2
Angliya: Jordan Pikford — Ris Jeyms, Jon Stounz, Mark Gehi, Djed Spens — Elliot Anderson, Deklan Rays — Morgan Rojers, Jud Bellingem, Entoni Gordon — Harri Keyn.
Argentina: Emiliano Martines — Nauel Molina, Kristian Romero, Lisandro Martines, Nikolas Talyafiko — Leandro Paredes, Enso Fernandes, Aleksis Makallister — Juliano Simeone, Lionel Messi, Xulian Alvares.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar