JCh-2026. Angliya — Xorvatiya uchrashuvida jamoalar imkoniyati baholandi

Bugun, chorshanba, 17 iyun kuni Angliya va Xorvatiya terma jamoalari futbol bo'yicha Jahon chempionatining «L» guruhi doirasida o'zaro bahs olib borishadi.
Tahlilchilar Angliya terma jamoasining g'alaba qozonish imkoniyatini 55,8%, Xorvatiya terma jamoasining g'alabasini esa 18,7% ehtimol bilan prognoz qilishmoqda. Uchrashuvning durang bilan yakunlanishi 25,5% ni tashkil etmoqda.
Jamoalar so'nggi bor 2021 yilning 13 iyunida to'qnash kelishgan va o'shanda Angliya terma jamoasi 1:0 hisobidagi minimal g'alabani qo'lga kiritgan edi.