2026 yilgi jahon chempionati "L" guruhi 2-turidan o'rin olgan Angliya va Gana terma jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi. Uchrashuvda hisob ochilmadi — 0:0.

O'yin AQShning Foksboro shahridagi «Jillett» stadionida bo'lib o'tdi. Bosh hakam sifatida gonduraslik Said Martines faoliyat olib bordi.

Ushbu natijadan keyin Angliya va Gana hisobida 4 tadan ochko mavjud.

3-turda Angliya Panamaga qarshi maydonga tushsa, Gana Xorvatiya bilan bahs olib boradi. Ikkala uchrashuv ham 28 iyun kuni bo'lib o'tadi.

Jahon chempionati-2026. L guruhi. 2-tur
23 iyun. Foksboro, AQSh. «Jillett» stadioni
Angliya — Gana — 0:0

Manba: Stadion.uz