JCh-2026. 1/16 final. Niderlandiya — Marokash: jamoalarning boshlang'ich tarkiblari ma'lum bo'ldi

Bugun, 30 iyun kuni 2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatining 1/16 final bosqichi doirasida Niderlandiya va Marokash terma jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. O'yin Meksikaning Guadalupe shahridagi «BBVA» stadionida o'tkaziladi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadi.
JCh-2026. 1/16 final
30 iyun 2026 yil, seshanba. 06:00
NIDERLANDIYa - MAROKASh
Niderlandiya: Verbryuggen, van Deyk, Ake, van Xekke, van de Ven, Dumfris, Gravenberx, de Yong, Gakpo, Brobbi, Sammervill.
Marokash: Bunu, Hakimiy, Mazrauiy, Diop, Riad, Buaddi, Unai, Saybari, El-Xannus, El-Aynaui, Brahim Dias.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar