Jasur Yaxshiboev rasman erkin agent.

Futbolchi bahorda Eronning "Nassajiy" klubi bilan 0.5+1 ko'rinishida shartnoma imzolagandi.

Yarim mavsum o'tgach tomonlar bitimni uzaytirishni istashmadi. Bitimni uzaytirmaslik tashabbusi qaysi tomondan chiqqani hozircha nomalum.

Jasur eronliklar safida atigi 4 ta o'yinda ishtirok etdi va 1 assist qayd etdi.