JAR va Kanada JCh-2026 pley-off bosqichining ilk o'yini uchun tarkiblarni e'lon qildi

2026 yilgi jahon chempionatida JAR va Kanada terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv boshlanishiga bir soatdan sal ko'proq vaqt qoldi. Jamoalar turnirning 1/16 final bahslarini boshlab berishadi. Har ikki jamoa o'z asosiy tarkiblarini taqdim etdi.
JAR terma jamoasi: Uilyams, Modiba, Mbokazi, Mudau, Okon, Mokoena, Sitole, Appollis, Mofokeng, Maseko, Makgopa.
Kanada terma jamoasi: Krepo, Djonston, Kornelius, Bombito, Lari, Eushtakiu, Millar, Saliba, Devid, Oluvaseyi, Byukenen.
Eslatib o'tamiz, Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasi "A" kvartetida 4 ochko jamg'arib, ikkinchi o'rin bilan pley-offga yo'l olgan edi. Kanadaliklik ham 4 ochko bilan "V" kvartetida ikkinchi natijani qayd etishgan.
Uchrashuv startini bildiruvchi hakam hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da chalinadi. Qayd etish joizki, bu bugungi mundial dasturidan o'rin olgan yagona o'yin hisoblanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar