Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) futbol federatsiyasi Jahon chempionati-2026 uchun milliy terma jamoaning kengaytirilgan tarkibini ommaga ma'lum qildi.

Bosh murabbiy tomonidan bo'lajak mundial uchun tanlab olingan futbolchilar ro'yxati quyidagicha ko'rinish olgan:

  • Darvozabonlar: Ronven Uilyams, Rikardo Goss, Sifo Shayn.

  • Himoyachilar: Xuliso Mudau, Olvetu Maxanya, Bredli Kross, Tabang Matuludi, Nkosinati Sibisi, Obrey Modiba, Mbekezeli Mbokazi, Ime Okon, Samukelo Kabini.

  • Yarim himoyachilar: Teboxo Mokoena, Jeyden Adams, Talent Mbatxa, Yaya Sitxole.

  • Hujumchilar: Osuin Appollis, Chepang Moremi, Evidens Makgopa, Layl Foster, Ikraam Reyners, Releboxil Mofokeng, Temba Zvane, Tapelo Maseko.

Eslatib o'tamiz, bo'lajak JCh-2026 bahslarida JAR vakillari "A" guruhidan joy olgan. Championlik yo'lidagi ilk bosqichda ularga Meksika, Janubiy Koreya hamda Chexiya terma jamoalari raqiblik qiladi.