Janubiy Koreya murabbiyi Meksikadan uchragan mag'lubiyatga izoh berdi

JCh-2026 guruh bosqichining 2-turidan o'rin olgan bahsda Janubiy Koreya terma jamoasi Meksika milliy jamoasiga 0:1 hisobida minimal ravishda imkoniyatni boy berdi. Ushbu natija haqida osiyoliklar ustozi Xon Myon Bo o'z fikrini bildirdi.
«Jamoa biz rejalashtirgan reja asosida o'yin ko'rsatdi. Gol o'tkazib yuborganimiz juda alamli bo'ldi. Yakuniy turda shogirdlarim bor kuchlarini ishga solishadi. Bor e'tiborimizni navbatdagi uchrashuvga qaratamiz», — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.
O'tkazilgan ikkita uchrashuvdan so'ng Janubiy Koreya terma jamoasi ikkinchi o'rinda bormoqda. Guruh bosqichining 3-turi doirasida osiyoliklarga JAR terma jamoasi raqiblik qiladi.
Manba: Stadion.uz