Janubiy Koreya Jahon chempionatlaridagi sakkizinchi g'alabasini qo'lga kiritdi

Janubiy Koreya JCh-2026 guruh bosqichi doirasida Chexiyani mag'lub etdi (2:1). Ushbu g'alaba Janubiy Koreya uchun futbol bo'yicha Jahon chempionatlari tarixidagi sakkizinchisi va 2:1 hisobidagi to'rtinchi g'alaba bo'ldi. Qizig'i shundaki, ushbu to'rtta o'yinning barchasida ular birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborishgan, deb xabar beradi BBC.
Janubiy Koreya terma jamoasi 2002 yildan boshlab Jahon chempionatlaridagi so'nggi ettita start uchrashuvining faqat bittasida mag'lubiyatga uchragan (4 g'alaba, 2 durang). 2018 yilda Janubiy Koreya Shvetsiyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
JCh-2026 guruh bosqichining ikkinchi turida Janubiy Koreya Meksika bilan kuch sinashadi, Chexiya esa JAR bilan to'qnash keladi. Ayni paytda ushbu guruhda Meksika va Janubiy Koreyada uch ochkodan bor, Chexiya va JAR esa hali ochko to'play olishmadi.