Jamshid Iskanderov: «Milliy futbol markazidagi sharoitlar yaxshi»

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov ertaga bo'lib o'tadigan O'monga qarshi o'yin oldidan O'FA matbuot xizmatiga o'z fikrlarini bildirdi.
"Yaxshi tayyorgarlik ko'rmoqdamiz, yigitlar ham sekin-asta qo'shilmoqda. Maqsadimiz ertaga chiroyli o'yin ko'rsatib, muxlislarni xursand qilamiz.
Milliy futbol markazidagi sharoitlar yaxshi. Bunday infratuzilma kerak deb o'ylayman.
Mashg'ulot jarayonlarida 5 talik ham, 4 talik sxema ham qo'llanildi. Hujumkor o'ynaymiz, har bir raqibni hurmat qilish lozim. Har bir o'yinga yuz foiz tayyorgarlik ko'rib g'alaba uchun maydonga chiqamiz",- deydi Jamshid Iskanderov.
Manba: https://t.me/FAUzbekistan