Jaka «Sanderlend»da qolishga qaror qildi

Shveytsariya terma jamoasi yarim himoyachisi Granit Jaka yozgi transfer oynasida «Sanderlend»ni tark etmaydi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, Londonning «Chelsi» klubi 33 yoshli futbolchi uchun 8 million funt sterling (taxminan 9,2 million evro) taklif qilgan. Biroq «Sanderlend» bu taklifni etarli deb hisoblamagan va rad etgan.
Shundan so'ng o'tkazilgan muzokaralarda Jaka klubda qolishga qaror qilganini tasdiqladi. Shveytsariyalik yarim himoyachi ayni paytda jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri sifatida baholanmoqda.
Qayd etilishicha, «Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso Jakani o'z jamoasida ko'rishni shaxsan xohlagan. Ikkisi avval «Bayer»da birga ishlagan.
Granit Jaka 2025 yil yozida «Bayer»dan «Sanderlend»ga bonuslar bilan birga 17,5 million funt sterlinggacha bo'lgan transfer evaziga o'tgan edi.
2025/2026 yilgi mavsumda u Angliya Premer-ligasida 36 ta o'yin o'tkazib, «Sanderlend»ning chempionatni 7-o'rinda yakunlashi va Evropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishida muhim hissa qo'shdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar