Jaka «Chelsi» haqidagi bayonoti bilan «Sanderlend»ni hayratda qoldirdi

Yarim himoyachi Granit Jaka jamoadan ketmoqchi ekanligini ma'lum qilganida «Sanderlend» rahbariyati bundan hayratda qoldi. Ushbu ma'lumotni insayder Fabritsio Romano oshkor qildi.
Avvalroq, Londonning «Chelsi» klubi 33 yoshli shveytsariyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabar berilgan edi.
Biroq, Romanoning ta'kidlashicha, «aristokratlar» 30-40 million evro to'lashni istamayapti va Jakaning yoshini inobatga olib, uning transfer narxini tushirishga harakat qilmoqda. Endilikda transfer masalasi klublar darajasida hal etilmoqda, chunki futbolchining o'zi «Chelsi»ning har qanday shartlariga rozi bo'lishga tayyor.
Jaka «Sanderlend» tarkibida atigi bir mavsum o'tkazdi. «Qora mushuklar» libosida u APLda 34 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. Bundan tashqari, uning hisobida oltita golli uzatma mavjud.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar