Jaka "Arsenal"ga qarshi bo'lajak o'yin haqida fikr bildirdi

«Sanderlend» yarim himoyachisi Granit Jaka «Arsenal»ga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
Uning so'zlariga ko'ra, bu o'yin uning shaxsiy faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadi:
«Men uchun bu juda hissiy o'yin bo'ladi. Men “Arsenal”da etti yil ajoyib davr o'tkazdim, hali ham ko'plab futbolchilar va murabbiylar bilan aloqadaman. Ularga qarshi “Sanderlend”da maydonga tushish — bu men uchun haqiqiy ehtirosga to'la lahza», — deya Jaka Sky Sportsga bergan intervyusida ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, «Sanderlend» Angliya Premer-ligasi jadvalida 10 turdan so'ng 18 ochko bilan to'rtinchi o'rinda, hozirda etakchilikni 25 ochko bilan “Arsenal” saqlab turibdi.
Ushbu uchrashuv 8 noyabr, shanba kuni, 11-tur doirasida bo'lib o'tadi.