Jahongir O'rozov — «Rubin»ning transfer nishoni

O'zbekiston terma jamoasi va Samarqandning «Dinamo» klubi himoyachisi Jahongir O'rozov faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin. Futbolchi xizmatlariga «Rubin» klubi qiziqish bildirmoqda.
OAV xabarlariga ko'ra, Qozon klubi futbolchiga rasmiy taklif yuborib bo'lgan. O'rozovga to'rt yillik muddatga mo'ljallangan shartnoma taklif qilingan.
Ta'kidlanishicha, klublar darajasidagi muzokaralar davom etmoqda. Tomonlar transfer summasini muhokama qilishmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar