Jahongir O'rozov: «Maydonda borimizni, jonimizni berib o'ynashimiz kerak bo'ladi»

O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Jahongir O'rozov Kolumbiyaga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«O'yin, kutganimizdek, qiyin bo'ldi. Chunki, har bir o'yin jahon chempionatining qiyin bo'lishini ko'rsatib turibdi.
Shunga qaramay, birinchi bo'limda yaxshi harakat qildik. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida ozgina charchoq sezilib, yo'q joydan gol o'tkazib yubordik. Shundan keyin biroz ruhan tushdik. Ammo o'yin oxirida yana o'zimizga kela oldik, deya hisoblayman.
Har bir uchrashuv biz uchun eng muhimi hisoblanadi. Maydonda borimizni, jonimizni berib o'ynashimiz kerak bo'ladi», — dedi Jahongir O'rozov.
Manba: Stadion.uz