Jahonbaxsh: «Biz oddiy adolatni xohlaymiz»

Eron terma jamoasi hujumchisi Alireza Jahonbaxsh terma jamoa unga qarshi amalda bo'lgan taqiqlar tufayli duch kelayotgan qiyinchiliklar haqida gapirib berdi.
«Biz oddiy adolatni xohlaymiz. Boshqa jamoalarga bo'lgani kabi munosabat bo'lishini istaymiz. Menimcha, biz juda ko'p narsa so'ramayapmiz. Boshqa tomondan, bu bizning madaniyatimizning bir qismi — og'ir vaziyatda biz yaxshiroq o'ynaymiz. Qiyinchiliklar bizni birlashtirdi. Biz o'z xarakterimizni ko'rsatdik va bu qisman jahon chempionatida qanday vaziyatga tushib qolganimiz bilan bog'liq», — deya Jahonbaxshning so'zlarini keltiradi ESPN.
Avvalroq Eron futbol federatsiyasi terma jamoa duch kelgan cheklovlar yuzasidan FIFAga rasmiy shikoyat taqdim etishini ma'lum qilgan edi. Norozilikka jamoaga guruh bosqichi 2-turi doirasida Belgiya terma jamoasiga qarshi (0:0) o'yin uchun Los-Anjelesga dastlab so'ralganidek ikki kun emas, balki faqat o'yindan bir kun oldin etib borishga ruxsat berilgani sabab bo'lgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar