Xitoyning Guiyang shahrida boks bo'yicha Jahon kubogi musobaqasi o'zining hal qiluvchi pallasiga etib keldi. Turnirda endi faqat final janglari qolgan bo'lib, ushbu bosqichga eng ko'p sportchi bilan O'zbekiston terma jamoasi etib keldi.

Finalchilar soni bo'yicha davlatlar reytingi quyidagicha ko'rinish oldi:

O'zbekiston — 7 nafar
Xitoy — 6 nafar
Qozog'iston — 5 nafar
Hindiston — 4 nafar
Frantsiya — 4 nafar
Braziliya — 3 nafar
Angliya — 2 nafar
AQSh — 2 nafar
Italiya — 2 nafar
Taypey — 1 nafar
Bolgariya — 1 nafar
Ozarbayjon — 1 nafar
Germaniya — 1 nafar
Kanada — 1 nafar

Ertaga musobaqa doirasida chempionlik uchun hal qiluvchi janglar bo'lib o'tadi. O'zbekiston sharafini etti nafar bokschi himoya qiladi.

Final juftliklari

 48 kg: Farzona Fozilova — Jyoti (Hindiston) — 09:00

 60 kg: Abdumalik Xalokov — Luiz Gabriel (Braziliya) — 09:45

90 kg: To'rabek Habibullaev — Isaak Okoh (Angliya) — 11:15

 50 kg: Asilbek Jalilov — Sanjar Tashkenbay (Qozog'iston) — 15:30

 57 kg: Nigina O'ktamova — Prachi (Hindiston) — 15:45

 80 kg: Javohir Ummataliev — Vanderley Pereira (Braziliya) — 16:30

+80 kg: Oltinoy Sotimboeva — Yilian Jan (Xitoy) — 17:00

Manba: Stadion.uz