Taniqli italiyalik sobiq futbolchi Marko Tardelli hujumchi Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi vaziyati haqida fikr bildirdi.

41 yoshli hujumchi tanqidlarga qaramay, JCh-2026 bahslarida portugaliyaliklarning asosiy tarkibida maydonga tushishda davom etmoqda. «An-Nasr» yulduzi O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'yinda (5:0) dubl qayd etishga muvaffaq bo'ldi, biroq Kongo DR (1:1) va Kolumbiya (0:0) bilan uchrashuvlarda gol ura olmadi.

«Hech kimning xafa qilishni istamayman, lekin Ronaldu o'zining hozirgi holatida zaxira o'rindig'ida o'tirsa ham bo'lardi. U endi maydonda oldingidek katta farqni yuzaga keltira olmayapti. Portugaliya terma jamoasidagi sheriklari hozir unga ishonmayotgani ko'rinib turibdi», — deya 1982 yilgi jahon chempioni Tardellining so'zlarini keltiradi jurnalist Nikolo Skira.

Eslatib o'tamiz, 3 iyul kuni Roberto Martines shogirdlari 1/16 final doirasida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushishadi.

Manba: Stadion.uz