Jahon chempioni bo'lgan Gavi va Fabian Ruizga 153 kg pomidor berildi

Jahon chempionlari Fabian Ruis va Gavi Sevilya yaqinida joylashgan va pomidor etishtirish bilan mashhur bo'lgan Los Palasios-Villyafranka qishlog'ida kutib olindi.
Mahalliy an'anaga ko'ra, sportchilarga o'z tana vazniga teng miqdorda pomidor sovg'a qilinadi.
Gavi 68,5 kg pomidor, Fabian Ruis esa 84,5 kg pomidor oldi.
Marosimda shuningdek, Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi, Los Palasios-Villyafrankadan chiqqan yana bir jahon chempioni (2010) Xesus Navas ham ishtirok etdi.
Futbolchilar birgalikda suratga tushishdi.
2024-yilda Ispaniya Evropa chempionatida g'alaba qozonganida Navas 64,7 kg, Fabian Ruis esa 83,2 kg pomidorga ega bo'lgandi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar