2026 yilgi mundialda ilk bor 48 ta jamoa bosh sovrin uchun kurash olib boradi. Transfermarkt portali musobaqa qaydnomasidan joy olgan futbolchilarning ayni damdagi transfer qiymatiga asoslanib, eng qimmat terma jamoalar reytingini tuzib chiqdi.

Reytingning birinchi pog'onasini Frantsiya terma jamoasi egalladi. Frantsuzlar tarkibining umumiy qiymati 1,48 milliard evroni tashkil etdi. Ikkinchi o'rindan Angliya (1,31 milliard evro), uchinchi pog'onadan esa Ispaniya (1,27 milliard evro) joy oldi.

Eng arzon tarkibga ega jamoa sifatida Iordaniya terma jamoasi qayd etildi — 18,35 million evro. Eng arzon uchlikka, shuningdek, Qatar (20,48 million evro) va Iroq (23,9 million evro) terma jamoalari ham kiritildi.